
Kecha qitʼa chempionatining kattalar o‘rtasidagi kumite yakka bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli kechgan janglarda O‘zbekiston terma jamoasi vakilllari Sadriddin Saymatov (-67 kg) va G‘ofurjon Zohidov (+84 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Bugun musobaqa doirasida jamoaviy yo‘nalishdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakilalari Eron, erkaklar terma jamoamiz esa Malayziya vakillariga qarshi jang tatamisiga chiqishadi.