
Toshkent shahar hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, 50 yildan ortiq tarixga ega “Yubileyniy” sport majmuasi ikki yil davom etgan mukammal taʼmirlash ishlaridan keyin “Alpomish” nomi bilan yana qad rostladi.
Loyihaning umumiy maydoni 8 ming kvadrat metr, 6 ming o‘ringa ega bo‘lib, eng zamonaviy va jahon andozalariga javob beradigan sport inshootiga aylantirildi.
Muz saroyida xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlarning bu yo‘nalishdagi tajribasini ommalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Bundan tashqari, muhtasham muz saroyida sport ixlosmandlari uchun turli o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yiladi.