
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. 2018-yilda o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 302 mln. AQSh dollaridan oshib, avvalgi yilning shu ko‘rsatgichiga nisbatan deyarli 70% ko‘proqni tashkil etdi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida Turkmanistonning 2019-yilda MDHga raisligi doirasida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi.