
Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
2019-yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlarning, jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartiblari va o‘tkazilish muddatlari borasidagi takliflar ham ko‘rib chiqildi.