TIV jamoasiga Vazirlikning yangi rahbari tanishtirildi

TIV jamoasiga Vazirlikning yangi rahbari tanishtirildi
2022-12-31 11:37

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi Baxtiyor Saidovni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmoni o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, majlisda Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda diplomat kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

***

Baxtiyor Saidov 1981-yil 22-aprel kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan.

2017-2021-yillarda – O‘zbekistonning Xitoydagi, bir vaqtning o‘zida o‘rindoshlik asosida Mo‘g‘uliston va Filippindagi Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2021-2022-yillarda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan.

2022-yil 30-dekabrdan - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net