
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hisob palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari va Xorazm viloyati hokimligi rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizning Saudiya Arabistoni, Malayziya va Turkmanistondagi Elchilari videoaloqa orqali Xorazm viloyatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi va zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan aniq investitsion loyihalar bo‘yicha hisobat berdilar.
Yig‘ilishda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini oshirish va buning uchun zarur sharoitlarni yaratish istiqbollari ham muhokama qilindi.