
O‘zbekiston – Shveysariya munosabatlarining, jumladan xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarning muhim jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda Shveysariya sezilarli tajribaga ega bo‘lgan suv resurslarini oqilona boshqarish, qishloq aholisini suv bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni, jumladan Shveysariyaning Markaziy Osiyo uchun 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasini amalga oshirishni yanada rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.