SHHT MATT IJROQO‘MI DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

SHHT MATT IJROQO‘MI DIREKTORI BILAN UCHRASHUV
2019-01-15 12:00

Vazir Tojikiston Respublikasi vakilining uch yillik muddatga ushbu lavozimga kirishgani bilan tabrikladi va O‘zbekiston tomonidan terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashishda a’zo davlatlar hamkorligini ta’minlash bo‘yicha ShHTning asosiy organi hisoblanuvchi MATT faoliyatiga muhim ahamiyat qaratilishini ta’kidladi.

Uchrashuvda tarixan qisqa muddat ichida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan MATT faoliyatini institutsional rivojlantirish va takomillashtirish borasida ulkan ishlar qilingani, natijada u o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirishga qodir tuzilma sifatida shakllangani qayd etildi.

Suhbat davomida 2019-yilda ShHT MATT doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net