QOZOG‘ISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

QOZOG‘ISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
2019-02-26 14:32

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Avvalo, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning 2019-yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilangan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Ikkinchi Maslahat uchrashuvidagi ishtirokining amaliy jihatlari to‘g‘risida so‘z bordi.

 Shuningdek, 2018-yilda yakuniga yetgan “Qozog‘istonda O‘zbekiston yili”ning mantiqiy davomi bo‘lmish “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili”ni o‘tkazish dasturi loyihasi bo‘yisha ham fikr almashildi.

 Qozog‘iston TIV rahbari qayd etganidek, ikki davlat prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajaga chiqdi va barqaror rivojlanish tusini olmoqda. Vazir tomonidan mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun yirik imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net