
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori mansabga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida unga muvaffaqiyatlar tiladi
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev poydevor qo‘ygan Qozog‘istondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga O‘zbekistonda hurmat bilan qaraladi.
Uchrashuvda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvali va kun tartibi, shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Anvar Ilyosov olgan surat