
Muzokaralar davomida davlatlararo chegarada demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish davom ettirildi.
Muloqot davomida chegarada Aerofototasvir ishlarini amalga oshirish talablari loyihasi ishlab chiqildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlarini o‘tkazish, jumladan bu jarayonni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv an’anaviy do‘stlik ruhida o‘tdi.
Muzokalar yakunlarida ishchi guruhlar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov uchrashuv Bayonnomasini imzoladilar.