
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport koridori bo‘yicha kelishuvlar ahamiyati ta’kidlandi.