
"Qatar Elchisi Hasan Hamza Hoshim janoblari bilan uchrashib, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish va 2024-yilga mo'ljallangan rejalarni muhokama qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Shuningdek, ikki va ko'p tomonlama shakllarda kengayib borayotgan O'zbekiston-Qatar hamkorligiga oid qator masalalarni ko'rib chiqdik".
Eslatib o'tamiz, Hasan Hamza Hoshim 2023-yil 12-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga o'zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)