O‘zbekiston Prezidenti Xitoy elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi
2023-02-06 09:57

Davlatimiz rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol saʼy-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida XXR Raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda, taʼlim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya, turizm va boshqa yo‘nalishlarda muhim dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Szyan Yan mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net