
Ikki tomon kun tartibi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik barcha masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, ikki tomon ham siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, turizm, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Isroil muntazam muloqoti, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga muhim ahamiyat qaratadi, parlamentlararo aloqalar, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirishga qiziqish bildiradi.
Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik hamkorlik hajmlarini oshirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.
O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda yuz berayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan xorijiy investitsiya va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida hamkorlarga mufassal ma’lumot berdi.
Suhbatda 2019-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi, xususan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Muzokaralarda O‘zbekiston – Isroil munosabatlari shartnoma-huquqiy asosini kengaytirishning hozirgi holati va istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.