O‘ZBEKISTON ELCHISI GERMANIYA FEDERAL KANSLERI BILAN UCHRASHDI

O‘ZBEKISTON ELCHISI GERMANIYA FEDERAL KANSLERI BILAN UCHRASHDI
2019-07-11 17:31

Qabul chog‘ida Kansler Angela Merkel bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tib, u yarim yil ichida amalga oshirilgan ikkita oliy darajadagi tashrif – Prezident Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyidagi Germaniyaga va Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning may oyidagi O‘zbekistonga tashriflari yakunlaridan mamnunligini bildirdi. Kansler tashrif yakunlariga o‘ta muvaffaqiyatli va sermahsul deb baho berdi.

 Germaniya Hukumati rahbarining fikricha, oliy darajadagi mazkur tashriflar, shubhasiz, ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi ishonchli munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikning faollashuviga xizmat qiladi.

 Kansler Angela Merkel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ehtirom va eng ezgu tilaklarini ham yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net