
Bangladesh rahbari marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda Bangladesh tomonining O‘zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bangladeshda O‘zbekistonning islomiy qadamjolariga ulkan qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
Prezident vaqt sinovida o‘tgan ikki tomonlama munosabatlar an’anaviy/azaldan do‘stona ekanligini qayd etdi va Bangladeshda O‘zbekiston Elchisining akkreditatsiya qilinishi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yanada faollashishiga xizmat qiladi deb ishonch bildirdi.