
Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan chuqur islohatlar, yurtimizning ichki bozori, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhit turkiyalik tadbirkorlar e’tiborini tortmoqda. Ular O‘zbekiston bilan hamkorlikning salohiyatini yuqori baholab, o`zbek bozorida o`z o`rnini egallasga intilmoqda.
Ushbu aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlaridan biri - bu O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning muntazam faoliyatidir. Joriy yil 22-23 iyul kunlari Anqara shahrida mazkur Qo`shma komissiyaning V yig'ilishi bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida hukumatlararo muzokaralardan tashqari “O‘zbekiston – Turkiya” biznes-forumi ham rejalashtirilgan. Forum yakunida sanoat, tijorat, turizm va boshqa sohalarida qator yangi shartnomalar imzolanadi.
Ikki davlat o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka baho berar ekan, Anqaradagi “Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar” jurnalining bosh redaktori Hikmet Eren, “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda quyidagilarga e`tibor qaratdi:
- So’nggi uch yilda Turkiya O‘zbekistonning asosiy beshta xorijiy sheriklari qatorida Janubiy Koreyani ortda qoldirib, Rossiya, Qozog`iston va Xitoydan keyin to`rtinci o`ringa chiqdi. Budan tashqari, O‘zbekistonning Turkiya bilan tijorati diversifikatsiya qilingan va savdo strukturasidagi saldo farqi ham juda kata emas. Bu tovarayirboshlashning har ikki tomon uchun o`zaro foydali bo`lishi uchun muhim.
Shu asnosda, O‘zbekiston va Turkiya orasidagi o’zaro savdo hajmi dinamik shaklda tobora oshib bormoqda. 2016 yil o`zaro savdo hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yil bu ko`rsatkich 30 foizga ortib, 1,5 milliard dollarga yuksaldi. 2018 yil yakunlariga ko`ra esa, davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,2 milliard dollardan oshib ketdi. Joriy yilning birinchi yarmida o’zaro savdo hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu summaning deyarli yarmi O‘zbekistonning Turkiyaga eksportidir.