
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Elchini qutlar ekan, vazir uni O‘zbekistonda yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
2018-yil sentabr oyida Toshkent shahrida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu maslahatlashuvlar O‘zbekiston-Kuba muloqotini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga e’tibor qaratish imkonini berdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada mustahkamlashga O‘zbekiston va Kuba sodiq ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda xalqaro siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat