
Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, 2018-yilda O‘zbekiston-Isroil munosabatlari jo‘shqin ko‘rinishi qayd etildi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsion, ilm-ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi hamkorlikni 2019-yilda yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga tomonlar tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi, Savdo-iqtisodiy, investitsion va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi, biznes forumi va boshqa qator tadbirlarni o‘tkazish muddatlari ko‘rib chiqildi.