
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil kuzida Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro investitsion sammitida ishtiroki doirasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Samarqand shahrida Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston-Markaziy Osiyo” muloqoti birinchi vazirlar uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi, ushbu tadbirda mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan edi.
Vazirlar O‘zbekiston-Hindiston va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi kun tartiblaridagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.