
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabriklar ekan, yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida qayd etilganidek, geografik jihatdan uzoqda bo‘lishiga qaramasdan O‘zbekiston va Gvineya BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalarda faol hamkorlik qiladi.
Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab quvvatlash va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.