GERMANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

GERMANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
2019-04-25 14:47

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Elchi Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha Ta’lim markazi negizida sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni boshlash bo‘yicha Germaniya hukumati qarori to‘g‘risida ma’lum qildi.

Shuningdek, 2019-yil oktabr oyida Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya biznes forumiga tayyorgarlikning amaliy masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida uch tomonlama shaklda aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni faollashtirish maqsadida Termiz shahrida O‘zbekiston-Germaniya-Afg‘oniston uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy, avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalarida Afg‘onistonni tiklashda birgalikda ishtirok etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net