
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Toshkent shahrida Finlandiya Faxriy konsulligini tashkil etish davlatlararo aloqalarni tizimli tus olishiga va ikki davlat biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga zamin yaratadi.
Xususan, ilg‘or Finlandiya texnologiyalarini jalb etgan holda AKT, chiqindilarni boshqarish, qurilish mollari sanoatiga uskunalar joriy etish hamda oltin qazib olish sohalarini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Muloqot chog‘ida 2019-yilning may oyida O‘zbekiston–Finlandiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Finlandiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatini tiklash zarurligini bayon qilib, mazkur komissiya yangi loyihalarni taklif qilish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarga amaliy tus berishini ta’kidladilar.
Muzokalarda Finlandiya Elchisi Marya Liivala ishtirok etdi.