ERON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

ERON ELCHISI BILAN UCHRASHUV
2019-01-19 17:46

Uchrashuvda 2018-yildagi O‘zbekiston – Eron muloqoti sarhisob qilindi hamda boshlangan yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

 Toshkent va Tehron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish, o‘zaro yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, shuningdek investitsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

 Suhbat davomida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini Tehron shahrida o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net