Bishkekda O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bishkekda O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
2023-01-27 12:41

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net