
1-mart kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlarining muzokaralari davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish borasida fikr almashildi.
Uchrashuvda BAAning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi boshlanishi munosabati bilan mazkur tashkilot doirasidagi hamda Afg‘onistonda tinchlik jarayonining muhim qismi bo‘luvchi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat