.jpg)
Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Axborot, matbuot, tahlil va tashqi siyosiy rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Vafo Niyatbekzoda Tojikiston tomoniga boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida ommaviy diplomatiya sohasidagi faoliyat bo‘yicha tajriba almashildi, O‘zbekiston va Tojikistonning har tomonlama rivojlanayotgan aloqalari nuqtayi nazaridan ikki davlat axborot tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Keyingi maslahatlashuvlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturiga muvofiq 2019-yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.