
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston va AQShning sa’y-harakatlari, Afg‘onistondagi turli loyihalarni birgalikda amalga oshirishda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va AQShning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha mavqe’lari yaqinligi alohida ta’kidlandi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi davomida yana bir bor ta’sdiqlangan edi.
AQSh tomoni Afg‘onistondagi tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosli iqtisodiy loyihalar bo‘yicha O‘zbekiston sa’y-harakatlarga yuksak baho berdi.
Afg‘oniston masalalari bo‘yicha konstruktiv va samarali muloqotni davom ettrishdan tomonlar manfaatdor ekanligi izhor etildi.