AFG‘ONISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

AFG‘ONISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV
2019-03-14 14:50

Uchrashuvda do‘st Afg‘oniston Elchisining samarali faoliyati qayd etildi va ikki tomon munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi yuksak baholandi.

2018-yil 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferentsiyaning va uning yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston – Afg‘oniston hamkorligining muhim natijalaridan biri bo‘lgani qayd etildi.

Vazir O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, afg‘on muammosini hal qilish va muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Sayid Shahobuddin Timuriy o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarilishida yaratilgan qulay sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Anvar Ilyasov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net