O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari Xivada uchrashuv o'tkazadi

O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari Xivada uchrashuv o'tkazadi
2024-04-04 10:04

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, qadimiy Xiva shahrida o'tadigan muzokaralarda O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqiladi.

O'zaro tovar ayirboshlash hajmini ko'paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.

"Dunyo" AA arxividan olingan surat 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net