O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qatarga keldi

O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qatarga keldi
2023-10-01 12:25

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O'zbekiston Prezidentini Qatar Bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Davlat tashrifi dasturiga muvofiq, ertaga oliy darajadagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi, yetakchilar O'zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Prezidentimiz Qatar ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazishi ham ko'zda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net