Oliy darajadagi O'zbekiston-Belarus muzokaralari natijasi bitimlarda mustahkamlandi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Belarus muzokaralari natijasi bitimlarda mustahkamlandi
2024-02-08 03:11

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ikki mamlakat yetakchilari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Shu jumladan:

– 2024-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi;

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo'llash to'g'risida bitim;

– Raqobatni rivojlantirish, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to'g'risida bitim;

– Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to'g'risida bitim;

– Toshkent va Minsk shaharlari o'rtasida birodarlik munosabatlarini o'rnatish va ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida bitim;

– Energetika sohasida hamkorlik to'g'risida bayonnoma;

– Intellektual mulk sohasida hamkorlik to'g'risida bayonnoma;

– 2024-2025-yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda madaniyat va san'at sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025-yillarda ta'lim sohasida hamkorlik bo'yicha "yo'l xarita"si;

– 2024-2026-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo'yicha "yo'l xarita"si;

– O'simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2025-yillarda turizm sohasida hamkorlik bo'yicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining o'zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net