O‘zbekistonning Islomobod shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif doirasida Pokiston delegatsiyasi “Axsikent” arxeologik majmuasini, “Sulton Uvays Qaraniy” va “Mahdumi A’zam” maqbaralarini ziyorat qiladi, Namangan viloyatining boshqa tarixiy qadamjolari va islom mutafakkirlarining merosi bilan tanishib, mahalliy turoperatorlar bilan birgalikda “ziyorat-turizm” bo‘yicha seminarda ishtirok etadi.