
17-dekabr tongi holatiga ko‘ra 42 kishining turli darajadagi jarohatlar olgani haqida aytilmoqda. O‘zbekistonning Yaponidagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi Xokkaydo prefekturasida yashovchi vatandoshlar bilan bog‘landi. Jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.