
Uchrashuvda mamlakatimizda biznes rivojiga g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlar olib tashlangani, xorijlik investorlar uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.
Hindistonlik ishbilarmonlar Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonga investitsiya kiritish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini qayd etishdi.